Kundalik voqealar hronikasi

(Chronicle of current events)


           Fuqarolar urushini to`xtataylik
(Uzbekiston "Birlik" xalk xarakatining bayonoti)

Urush kurboni Namanganda kumildi
(ACA-99.10.05)


Kirgizistonda xalok bulgan Uzbekiston Islomiy Õarakati
kushinining komandirlaridan biri Àbdulaziz Yuldoshev Namanganda
yakinlari tarafidan tuprokka berildi. Ma`lumki, Àbdulaziz
Yuldoshev 10 kuncha avval Uzbekistonning Sox rayoniga bostirib
utish uchun kilingan xarakat vaktida kirgiz askarlari bilan
tuknashuvda ulgan e`di. Maxalliy kasalxona morgida yotgan ulikni
islomchilarga kaytarib berish uchun avvaliga ularning kulidagi
asirlarni ozod kilish sharti kuyildi. Lekin kasalxonani portlatib
juboramiz ma`nosidagi duk-pupisadan chuchigan kirgiz xukumati
Àbdulaziz Yuldoshevning uligini islomchilarning talabi bilan
uning Namangandan kelgan karindoshlariga berishga majbur buldi.
Àbdulazizning kupchilik aka-ukalari Uzbekiston rejimi tarafidan
repressiya kilingandan keyin u Islomiy Õarakatning jixodiga
kushilgan e`kan.

Rejimning duppisi tor keldi
(ACA-99.10.05)


Uzbekiston Islomiy Õarakati kushinlarining jixod bayrogi
ostida boshlagan fukarolar urushi xali Uzbekiston xududlariga
etib kelmasdanok Uzbekistondagi mavjud rejim talvasaga
tushdi. Karimov va uning jugurdaklari islomiy xarakat
kushinlarini bir tuda banditlar deb baxolashdan nariga
utmasalar xam, amalda uning talablarini bajarishga
boshladilar. Bu xususda xukumat organlari rasmiy ma`lumot
bermaganlari uchun avvaliga Uzbekiston kamokxonalaridan
minglab dindorlar ozod kilindi, degan gaplar tarkaldi. Inson
xukuklari tashkilotlari va xalkaro informacion agentliklar bu
xakda xabarlar berdilar. Oxirgi ma`lumotlarga karaganda,
rostdan xam sung 20-25 kun ichida ancha odamlar ozod kilinganlar.
Uzbekiston inson xukuklari jamiyatining xabar berishicha,
masalan, Karshidagi kamokxonadan bir kunda 8 dindor kuyib
juborilgan. Ularni shunchalik tez kuyib juborishganki, xatto
kullariga rasmiy bir xujjat xam berishmagan. Lekin
Konstituciya va prezidentga sodik bulamiz, deb yozilgan
kigozlarga kul kuydirib olishgan. 1993 yilda kamalgan Fargona
viloyatining imomi Àbdurauf Kori 8 sentyabrda ozod kilingan va
xozir kasalxonada.
Ozod kilinganlarning xammasiga kamokxonada uzok vakt maxsus
zaxar-dorilar berib kelingan, shu sababli ular uzok yashamaydilar
degan mish-mishlar tarkatilayapti. Ba`zi taxminlarga kura bu
mish-mishlar miliciya va xavfsizlik xizmati xodimlarining uzi
tarafidan tarkatilyapti. Maksad odamlar ichiga kurkuv solish.
"Birlik" raxbari Àbduraxim Pulat Ozodlik va Àmerika Ovozi
radiolariga bergan intervjularida bu xususda shunday dedi:
"Kamokxonada aziyat chekayatgan begunox odamlarning kichik bir
kismi bulsa xam ozod kilingani kuvonchli xodisa. Lekin kelajak
nuktai nazaridan karaydigan bulsak, bu etarsiz tadbir.
Àvvallari xam xukumat duppisi tor kelib kolganda muxolifat
vakillarini ozod kilardi, ammo bir ozdan keyin kamashlar yana
xam shiddatli ravishda davom e`ttirilardi. E`ndi bunday vokealar
kaytarilmasligining e`ng minimal garantiyasi sifatida xukumat
uz siyosatining jumshayotganini ochik e``lon kilishi va keyin xamma
gunoxsiz kamalgan muxolifat vakillari va minglab dindorlarni
ozod kilishi kerak."

O`zbekistonda Jihod !? ( The Jihad in Uzbekistan )
(ACA-99.08.27)


1999 yil 26 avgust kuni O'zbekiston Islom harakati Karimov rejimiga qarshi
Jihod elon qilganini rasmiy Bayonoti orqali butun dunyoga malum qildi.
Xorijiy radiolarda o'qib eshittirilgan mazkur bayonotda Ozbekiston Islom
harakati ulamolar kengashi maslahati bilan harakat Amiri Muhammad Forux
Tohir qo'mondonligida O'zbekiston hukumtiga qarshi Jihod elon qilingani va
bunga sabab Karimov rejimi tomonidan musulmonlarga qarshi ayovsizlarga
siyosat olib borilgani, min-ming odamlar qamoqlarga tiqilgani, zulm kunsayin
kucayib borayotgani deb korsatilgan. Bayonotda Jihod harakati Quron
hokimiyatini ornatgunga qadar davom etishi aytilgan. Malumki shu keca
kunduzda Qirg'iziston hukumati rasmiy malumotiga kora 1000 dan ziyod qurolli
o'zbeklar Batkent tumanida besh qishloqni ishqol qilganlar va Ozbekiston
hamda Qirg'ziston rasmiy kuclari bilan jang qilmoqdalar.



Maqsad Vodiyga kirish (Purpose to seize the Fergana valley.)
(ACA-99.08.28)

Qirgizistoning Osh viloyatining, Botken tumaniga Djuma
Namangoniy raxbarligidagi Islomiy xarbiy guruxlar 5
qishloqni ishqol etishgan. Xabarlarga ko`ra Djuma
Namangoniy guruhida 1000 ortiq jangcilar bor. Bizning
taxminimizca Djuma Namangoniyning assosiy vazifasi
Qirgizistoning O`zbekiston bilan cegaradosh bo`lgan
rayonlarida joylashib olish va bu erlarni doyimiy baza sifatida
ishlatib Karimovga qarshi norozi odamlarni va
guruxlarni shu erlarda to`plab Fargona vodiysi ustidan
o`z kontrolini o`rnatish va Karimov hukumatini ogdarish
uchun placdarm jaratish.

Fuqarrolar urishining havfi ( Beginning of civil war ?)
(ACA-99.08.28)

Karimov hukumatining tayziq va repressiyalari natijasida demokratik
tashkilotlarning ayzolari bilan bir katorda Islomiy guruhlar faollari ham
cet ellarga ciqib ketishga majbur bo`lganlar.
Ularning ba`zilari Tohir Yoldosh va Djuma Namangoniy rahbarligidagi
harbiy guruhlarga ko`shilgan.
Bu guruhlar bir kanca vaqt Tojikiston muholifati saflarida jang qilgan.
Keyincalik Ozbekiston Islom harakati tuzilgac bu guruhlar harakatning
harbiy kuclariga aylandi bu kuclarni Amiri etib Muhammad Forux Tohir
(Tohir Yoldosh) tayinlandi. Tahminlarga ko`ra Ozbekiston Islom
harakati harbiy guruhida 5 minga yaqin jangci bor, agar bugun bu kuclar
fargona vodiysiga kirib yoki birgina rayonini ishqol etsa
O`zbekistonda fuqarrolar urishining boshlanishi shundan boshlanadi,
cunki bu holda Karimovdan hozirda norozi bo`lgan barca
kuclar O`zbekiston Islom harakatining harbiy guruhlariga qushilishi
mumkin va jamiyat keskin ikkiga bo`linadi.
Buning oqibatlarini tasavur qilish qiyin.
Lekin bir narsa aniqki bu boqealar juda qonli bo`ladi.

Asosiy betga qaytish